Янгиликлар
Aloqa yoʻllari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish uchun javobgarlik mavjudmi?
Aloqa yoʻllari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish uchun javobgarlik mavjudmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 154-moddasiga asosan Aloqa yoʻllari va inshootlarini, shuningdek aloqa yoʻli va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti Payziyev M.M.