Янгиликлар
Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi oʻrnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash uchvun javobgarlik mavjudmi?
Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi oʻrnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash uchvun javobgarlik mavjudmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 151-moddasiga asosan - Quvvatidan qatʼi nazar radiouzatkich shoxobchasini ruxsatsiz oʻrnatish va (yoki) undan foydalanish—
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Abonentlik qurilmasini roʻyxatdan oʻtkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash —
abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti Payziyev M.M.