Янгиликлар
Yoʻllarga, yoʻl inshootlariga, yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yoʻl harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik uchun javobgarlik mavjudmi?
Yoʻllarga, yoʻl inshootlariga, yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yoʻl harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik uchun javobgarlik mavjudmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 147-moddasiga asosan Yoʻllarga, temir yoʻldan oʻtish joylariga, yoʻl harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yoʻl harakatiga qasddan, shu jumladan yoʻl qoplamasini ifloslantirish yoʻli bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yoʻl belgilarini oʻrnatish, yoʻllarni, temir yoʻldan oʻtish joylari va boshqa yoʻl inshootlarini harakat uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki yoʻlning ayrim qismlaridan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni oʻz vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini koʻrmaslik, shuningdek yoʻl harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti Payziyev M.M.