Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yerlarni toifalarga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish mumkinmi ?


Yerlarni toifalarga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish mumkinmi ?

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 9-moddasiga asosan- Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 9-moddasiga asosan- Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga boʻlinadi.

Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni koʻzlab foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi va shartlaridir.

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga oʻtkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi oʻzgargan taqdirda amalga oshiriladi.

Yerlarni yer fondi toifalariga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish mustasno.

Sugʻorilmaydigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga oʻtkazish esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlarda, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reestridan elektron koʻchirmalarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida koʻrsatiladi.

Yerlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazishning belgilangan tartibini buzish bunday oʻtkazish faktlarini gʻayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni rad etishga asos boʻladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

boshligʻi             S.R.Xasanboyev