Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yer uchastkasi nima?


Yer uchastkasi nima?

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 10-moddasiga asosan- Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir.

Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning oʻzida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning oʻzida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.

Yer uchastkasi boʻlinadigan va boʻlinmaydigan boʻlishi mumkin.

Oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan va yongʻinga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga boʻlish mumkin boʻlgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil boʻlgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin boʻlgan yer uchastkasi boʻlinadigan yer uchastkasi hisoblanadi.

Foydalanish maqsadiga koʻra mustaqil yer uchastkalariga boʻlinishi mumkin boʻlmagan yer uchastkasi boʻlinmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

boshligʻi             S.R.Xasanboyev