Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish qanday amalga oshiriladi?


Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish qanday amalga oshiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 11-moddasiga asosan- Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish — hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda boʻlinishidir.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.

Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

boshligʻi             S.R.Xasanboyev