Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Davlat yer kadastri nima?


Davlat yer kadastri nima?

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 15-moddasiga asosan- Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xoʻjalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat koʻrsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va oʻlchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash toʻgʻrisidagi zarur, ishonchli maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.

Davlat yer kadastri Oʻzbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.

Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorini asoslash, xoʻjalik faoliyatiga baho berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashga moʻljallangandir.

Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos boʻladi.

Davlat yer kadastrining maʼlumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qoʻyishda, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini oʻtkazishda, xoʻjalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.

Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan yuritiladi.

Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yoʻnalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini roʻyxatga olish bilan taʼminlanadi.

Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

boshligʻi             S.R.Xasanboyev