Янгиликлар
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari nimalardan iborat?
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari nimalardan iborat?
Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 17-moddasiga asosan- Yuridik shaxslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari oʻz kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
boshligʻi S.R.Xasanboyev