Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi


Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 18-moddasiga asosan- Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi.

Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga oʻzlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshligʻining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

boshligʻi             S.R.Xasanboyev