Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi qanday?


Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 20-moddasiga asosan- Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlarning moʻljallangan asosiy maqsadiga muvofiq:

shahar va posyolka quriladigan yerlarning maʼmuriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar;

sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;

tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;

tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

oʻrmon fondi yerlari;

suv fondi yerlari;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.

Koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli boʻlmasa, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.

Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

boshligʻi             S.R.Xasanboyev