Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yer uchastkasi ijarasi nima?


Yer uchastkasi ijarasi nima?

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 24-moddasiga asosan- Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:

1) ochiq elektron tanlov natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:

qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga koʻra — davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga;

yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravaridan ortiq miqdordagi pul mablagʻlari depozitga qoʻyilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyat hokimining taklifiga koʻra — agrosanoat klasterlariga;

qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:

elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi bozor qiymatini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga toʻlashi kerak.

Ushbu moddaning ikkinchiuchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xoʻjalik ijarasi tartibida faqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qoʻyishi mumkin.

Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar va xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining ijarasi mustasno.

Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qoʻyilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga boʻlgan oʻz ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qoʻyishga haqli.

Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatidan koʻp boʻlmagan muddatga boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qoʻyiladi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan oʻlchamlarda oʻttiz yil muddatga ijaraga beriladi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.

Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.

Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

boshligʻi             S.R.Xasanboyev