Янгиликлар
Nikohni haqiqiy emas deb topish oqibatlari
Nikohni haqiqiy emas deb topish oqibatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 56-moddasiga asosan-Haqiqiy emas deb topilgan nikoh er-xotin uchun ushbu Kodeksda belgilangan shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shunday nikohdan tugʻilgan yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgan kundan keyin uch yuz kun ichida tugʻilgan bolalarning huquqlariga taʼsir etmaydi.
Sud nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishda shunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan er (xotin)ni (insofli er (xotin)ni) ushbu Kodeksning 118 va 119-moddalariga muvofiq xotin yoki eridan taʼminot olish huquqiga ega deb topishga haqlidir, nikohni haqiqiy emas deb topish vaqtiga qadar birgalikda orttirilgan mol-mulkni boʻlishga nisbatan esa, ushbu Kodeksning 23, 27 va 28-moddalarida belgilangan qoidalarni tatbiq etishga, shuningdek nikoh shartnomasini toʻla yoki qisman haqiqiy deb topishga haqlidir.
Insofli er (xotin) oʻziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplashni fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha talab qilishga haqli.
Insofli er (xotin) nikoh haqiqiy emas deb topilganda, nikoh tuzish davlat roʻyxatiga olingan vaqtda tanlagan familiyasini saqlab qolishga haqlidir.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboyev