Янгиликлар
Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari
Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga asosan-Bolaning shu onadan tugʻilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga koʻra, bola tibbiy muassasada tugʻilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining oʻlimi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan soʻng uch yuz kun ichida tugʻilgan bolasi nikohda tugʻilgan bola hisoblanadi.
Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tugʻilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan boʻlsa, bola yangi nikohda tugʻilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboyev