Янгиликлар
Otalik (onalik) toʻgʻrisida eʼtiroz bildirish
Otalik (onalik) toʻgʻrisida eʼtiroz bildirish
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasiga asosan-Tugʻilishni yozish daftaridagi tugʻilishga oid yozuv bolaning unda koʻrsatilgan ota-onadan tugʻilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi.
Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlgan vaqtdan eʼtiboran bir yil mobaynida ana shu yozuv toʻgʻrisida sud tartibida eʼtiroz bildirishga haqlidir. Agar shu vaqtga kelib, bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs voyaga yetmagan boʻlsa, bir yillik muddat mazkur shaxs oʻn sakkiz yoshga toʻlgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboyev