Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Prezident «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonunni ( O‘RQ-1002-son) imzoladi.


Prezident «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonunni ( O‘RQ-1002-son) imzoladi.

Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) – davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, muassasalar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs.

Qonun bilan quyidagilar belgilangan:

·         Ombudsman faoliyatining asosiy tamoyillari;

·         Ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar;

·         saylash tartibi;

·         Ombudsmanning asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyat kafolatlari;

·         Ombudsman tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi.

Ombudsmanning asosiy vazifalari:

·         inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;      

·         tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;

·         jismoniy va yuridik shaxslarning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish;

·         inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining amaliyotda tatbiq etilishini o‘rganish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;     

·         maxsus muassasalarda qiynoqqa solish va boshqa shafqasiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlarining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;

·         aholi o‘rtasida inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi xalqaro va milliy qonun hujjatlari normalarini targ‘ib qilish;

·         inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

  

O‘rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev