Янгиликлар
O‘RQ-999-sonli Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206 va 248-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘RQ-999-sonli Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206 va 248-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay, probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar oshib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa ushbu yo‘nalishda huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy va probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, 206-modda bilan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxs tomonidan ma’muriy nazorat qoidalarini buzish – 1 BHMdan 3 BHMgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortilishi belgilandi.
Bundan tashqari, probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha tezkor va samarali choralarni ta’minlash uchun ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi. Endi ular ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy jazo choralarini qo‘llash huquqiga ega.
O‘rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev