Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘RQ-1000-sonli Qonun bilan Soliq kodeksiga barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirish choralarini joriy etishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalarni qaytarish (QQS bundan mustasno) uch kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Reyting bo‘yicha "AAA" toifasidagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), ushbu toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga QQS summalarini qoplash tekshiruvlar o‘tkazmasdan bir kunlik muddatda amalga oshiriladi.

O‘rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev