Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Markaziy bank Boshqaruvining “Bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qil


Markaziy bank Boshqaruvining “Bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi (14.11.2024 y. AV ruyxat raqami 3283-1-son).

Nizom bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikka qo‘yilgan talablarni, shuningdek, bankka aloqado bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish va bitimlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.

Nizom faktoring xizmati bo‘yicha bank kredit tavakkalchiligini quyidagicha ko‘rib chiqiladigan band bilan to‘ldirildi:

·         bank tomonidan mijozga nisbatan regress talabini qo‘yish huquqi mavjud bo‘lmasa yoki u mavjud bo‘lib, ushbu huquqdan foydalanish zarurati yuzaga kelmagan bo‘lsa, qarzdorga; 

·         mazkur regress talabini qo‘yish huquqi mavjud bo‘lsa va ushbu huquqdan foydalanish zarurati vujudga kelgan bo‘lsa, mijozga nisbatan hisoblanadi.

Bundan tashqari, endi banklar nazorat va (yoki) iqtisodiy asosda qarzdorlar o‘rtasidagi aloqani aniqlashda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari mezonlaridan foydalanish haqli. Bunda mazkur mezonlar amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi yoki ularda mavjud talablardan yengilroq talablarni nazarda tutmasligi kerak.

 O‘rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev