Янгиликлар
Prezident "Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunni (O‘RQ-996-son) imzoladi.
Prezident "Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunni (O‘RQ-996-son) imzoladi.
Bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik holatlari ko‘payishi munosabati bilan Qonun bilan bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini oldini olish va himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda.
Zo‘ravonlikning barcha shakllari, jumladan jismoniy, jinsiy, ruhiy, g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va qo‘rqitish (bulling) taqiqlangan va qonun bilan ta’qib qilinadi.
Xususan, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs tegishli vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilishi, maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali bepul huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olishi mumkinligi belgilanmoqda.
Qonun bilan birinchi marta zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderini berish mexanizmi joriy etilmoqda. U ichki ishlar organlari tomonidan 30 kungacha muddatga beriladi va zo‘ravonlik qurboniga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi.
Agar tahdid hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Qonunda jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplashni talab qilish huquqi aks ettirilgan.
Shuningdek, hujjatda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ushbu yo‘nalishda bevosita faoliyat yurituvchi davlat organlari va tashkilotlar hamda ularning vakolatlari belgilangan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (vakolatli davlat organi) zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni, shuningdek ularga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilishi xavfi ostida turgan bolalarni aniqlash, ularni hisobga olish va zarur hollarda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi choralarni ko‘rish vazifalari yuklanadi.
Shu bilan birga, ota-onalarning mas’uliyati oshirilmoqda. Xususan, ota-onalar bolalar hayoti va sog‘lig‘ini asrashi, ular haqida g‘amxo‘rlik qilishi va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi kerak, tarbiya jarayonida bolalarni jismoniy jazolash taqiqlanadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi mamlakatning butun hududida kechayu-kunduz bepul telefon tarmog‘ini (ishonch telefoni) ta’minlaydi. Bunda ishonch telefoni maxfiylik saqlangan holda faoliyat yuritadi. Qonun hujjatlarida belgilangan hollardan tashqari, ishonch telefoni orqali olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev