Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

DXX raisining «O‘zbekiston Respublikasi muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida» buyrug‘i imzolandi (11.11.2024 y. AV ro‘yxat raqami-357


DXX raisining «O‘zbekiston Respublikasi muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida» buyrug‘i imzolandi (11.11.2024 y. AV ro‘yxat raqami-3570).

Tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlariga egalik qiluvchi sub’yektlar har yili kamida bir marta ushbu ob’yektlarni toifalashi shart. Buning uchun tegishli komissiya tuzish lozim.

Muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarini toifalashning quyidagi mezonlari belgilanmoqda:

·         yuqori darajadagi:

 kiberxavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli juda ko‘p miqdorda zarar yetishi, 20 dan ortiq odamning sog‘lig‘iga zarar yetishi, 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi yoki katta ekin maydoniga* teng bo‘lgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi mumkin bo‘lgan ob’yektlar;

 davlat sirlariga oid ma’lumotlar aylanmasi mavjud bo‘lgan, shuningdek yoqilg‘i-energetika, atom energetikasi, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya va qo‘riqlanadigan shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik turgan joylardagi ob’yektlar;

·         o‘rta darajadagi

 kiberxavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli ko‘p miqdorda zarar yetishi, 10 dan ortiq, biroq 20 dan ko‘p bo‘lmagan odamning sog‘lig‘iga zarar yetishi, 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi, o‘rtacha kattalikdagi** ekin maydoniga teng bo‘lgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi yoki davlatning nufuzi va obro‘siga zarar yetishi mumkin bo‘lgan ob’yektlar;

·         past darajadagi:

 yuqori va o‘rta darajadagi muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlari toifasiga kirmaydigan ob’yektlar. 

Obektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining reyestrinini yuritish uchun Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev