Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Mahkamasining 11.11.2024 yildagi «Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi VMQ-749-son qarori


Vazirlar Mahkamasining 11.11.2024 yildagi «Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi VMQ-749-son qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutmoqda:

·         ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz harajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni to‘lab berishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;

·         ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lab beriladigan fuqarolarni tanlab olish mezonlarini takomillashtirish;

·         tijorat banklari tomonidan fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tartibini belgilash.

Xususan, ilgari ariza beruvchining taqdim etilgan arizasi asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, tibbiyot birlashmalari, moliya bo‘limlari hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari mas’ul bo‘lishgan bo‘lsa, endilikda mazkur funksiyalar quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi:

·         «subsidiya.idm.uz» dasturiy ta’minot tizimi orqali — Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasi;

·         o‘rganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev