Янгиликлар
Prezident «Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida»gi O‘RQ-995-sonli Qonunni yangi tahrirda imzoladi. Hujjat qishloq xo‘jaligi kooperativini tuzish, faoliyat yuritish, qayta tashkil etish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Prezident «Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida»gi O‘RQ-995-sonli Qonunni yangi tahrirda imzoladi. Hujjat qishloq xo‘jaligi kooperativini tuzish, faoliyat yuritish, qayta tashkil etish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
30.04.1998 yildagi «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) to‘g‘risida»gi 600-I-sonli oldingi Qonun bozor mexanizmlarini, shuningdek tabiiy resurslardan samarali foydalanish zaruratini aks ettirmagan.
Hujjatda kooperativlarni tuzish, ularda ishtirok etish, boshqarish, nazorat qilish, tashqi audit, ularni qayta tashkil etish va tugatish tartibi nazarda tutilgan. Qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan birga kooperativ qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish huquqiga ega.
Kooperativ kamida yetti nafar jismoniy va (yoki) yuridik shaxs tarkibida tuzilishi mumkin. Kooperativ a’zolari 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga mos keladigan yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Qo‘shma kooperativ ustavi talablariga javob beradigan va ularni tan oladigan kooperativlar qo‘shma kooperativ a’zolari bo‘lishi mumkin. Qo‘shma kooperativ kamida uch kooperativ tarkibida tuzilishi mumkin.
Agar kooperativ ustavida boshqa kooperativlarga bir vaqtning o‘zida a’zolik taqiqlanmagan bo‘lsa, kooperativ a’zosi bir yoki bir nechta kooperativ a’zosi bo‘lishi mumkin.
Kooperativ ustavida kooperativga kirish shartlariga qo‘yiladigan quyidagi qo‘shimcha talablar nazarda tutilishi mumkin:
· kooperativ a’zoligiga qabul qilinayotgan jismoniy shaxsning malaka darajasi;
kooperativga qabul qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning kooperativ joylashgan joydan uzoqligi.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev