Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan


O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan

·         umumiy qoidalar. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganligi uchun ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima qo‘llashga haqli. Bunda, sug‘urtalovchiga qo‘llaniladigan jarimalarning umumiy miqdori ustav kapitalining eng kam miqdori 1,0 foizidan ortik bo‘lmasligi lozim. 

·         jarima sanksiyalarini qo‘llash asoslari. Ularga quyidagilar kiradi:

- vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari va tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar va rasmiylashtirilgan hujjatlar;

- qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organiga topshiriladigan hisobotlar va ma’lumotlar;

- auditorlik va aktuar tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa va boshqalar; 

·         jarima sanksiyalarini qo‘llash. Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror vakolatli davlat organining rahbari yoki o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qarorni qabul qilishga ishchi komissiyaning  xulosasi asos bo‘ladi.

·         vakolatli davlat organi qarori ustidan shikoyat qilish. Vakolatli davlat organining jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan sug‘urtalovchi qarordan ko‘chirmani olgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida apellyasiya kengashiga yozma ravishda shikoyat berish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat kilish huquqiga ega.

Nizom bilan muayyan turdagi huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun jarimalar miqdorini o‘z ichiga oladigan ilova (“Sug‘urtalovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun vakolatli davlat organi tomonidan qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari”)  tasdiqlandi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev