Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g
Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi VMQ-727-son qarori qabul qilindi.
Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan:
· quyidagilar tasdiqlanmoqda:
o karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, fitosanitariya sertifikati hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma pasportlari;
o davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning pasporti;
o mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning pasporti;
· quyidagilar belgilanmoqda:
o karantin ruxsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish uchun arizalarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarni elektron shaklda berish tartibi.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev