Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 07.11.2024 yildagi "Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirish va ularning qornuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to
Vazirlar Mahkamasining 07.11.2024 yildagi "Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirish va ularning qornuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-745-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga byudjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik Nizom tasdiqlandi.
Vaqtinchalik nizomga muvofiq, 2024 yil 1 oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga byudjetga to‘langan QQSning 20 foizi qoplab beriladi.
2025 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga:
· tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha oylik aylanmaning kamida 60 foizi naqd pulsiz bo‘lsa, byudjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
· tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha oylik aylanmaning 60 foizidan kami naqd pulsiz bo‘lsa, byudjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmay soliqning bir qismini qaytarib olish uchun murojaat qilish huquqiga ega.
Quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda soliqning bir qismi avtomatik ravishda qaytariladi:
· hisobot davri uchun soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to‘liq to‘langanda;
· hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlari bo‘yicha jami aylanma umumiy aylanmaning kamida 90 foizini tashkil etganda;
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi va amalga oshiriladigan faoliyatning aniq xususiyatlari yoki turlariga mos keluvchi identifikatsiya kodlari aks ettirilganda.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev