Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Mahkamasining 05.11.2024 yildagi "Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-736-son qarori qabul qilindi.


Vazirlar Mahkamasining 05.11.2024 yildagi "Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-736-son qarori qabul qilindi.

 

"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarga yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki asirlikda saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlar Ro‘yxati, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan ushbu ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibi tasdiqlandi.

2025 yil 1 yanvardan:

·         jismoniy shaxslarning Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash joylarida yoki asirlikda saqlashi;

·         davlat va ko‘chma sirklar (shapito)da yovvoyi hayvonlarni saqlash va ularni sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlanadi.

Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘lari va (yoki) pitomniklar (terrarium, okeanarium, serpentariy va h.k.)da saqlanishi mumkin.

Bunda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maxsus pitomniklarda saqlanadi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev