Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining «Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdi


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining «Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi (05.11.2024 y. AV ro‘yxat raqami 3569-son).

Hujjat bilan:

·         manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;

·         ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar;

·         manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining shakllari tasdiqlanmoqda.

           Xabarnomada  xodim o‘zining pasport ma’lumotlarini, JSHSHIR, yaqin qarindoshlarini F.I.Sh. va boshqa ma’lumotlarini, aloqador yuridik shaxs va manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni aks ettirishi lozim.

Deklaratsiyada, ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqida ma’lumot bo‘lishi kerak.

Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha choralar belgilanishi lozim.

 O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev