Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-718-sonli qarori qabul qilindi.


Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-718-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:

·         shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlaridagi xarajatlarni kompensatsiya qilish;

·         xarajatlarni qoplash uchun arizalarni ko‘rib chiqish;

·         zararli avtobus tashishlari uchun subsidiyalar berish.

Tijorat asosida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan avtobus yo‘nalishlari zararli hisoblanadi (Toshkent shahri bundan mustasno).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boshqarmalar tomonidan zararli avtobus yo‘nalishlari reyestri yuritiladi.

2025 yil 1 fevraldan boshlab, subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun tashuvchi YAIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Mas’ul organlar 5 kun ichida qaror qabul qiladi. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatiladi.

 O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev