Янгиликлар
BHMS va MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot shakllari – Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi nizom (04.11.2024 y. AVdagi ro‘yxat raqami 3567-son) tasdiqlandi. Nizom 2025 yil 1 yanvardan ku
BHMS va MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot shakllari – Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi nizom (04.11.2024 y. AVdagi ro‘yxat raqami 3567-son) tasdiqlandi. Nizom 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ya’ni 2024 yil uchun moliyaviy hisobot yangi qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.
Nizom moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini belgilaydi:
· BHMS bo‘yicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay topshiriladi. Ilgari moliyaviy hisobot 15 fevraldan kechiktirmasdan taqdim etilardi. Endi muddat – qulayroq, chunki u Foyda solig‘i hisob-kitobini taqdim etish muddati bilan mos keladi;
· MHXS bo‘yicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
BHMS bo‘yicha moliyaviy hisobot shakllari davlat tilida qayta ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Uning tarkibida:
1) Buxgalteriya balansi
2) Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
3) Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot
4) Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot
5) Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev