Янгиликлар
Prezident tomonidan 04.11.2024 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Pr
Prezident tomonidan 04.11.2024 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PQ -380-sonli Qaror imzolandi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazish haqida so‘rov mavjud bo‘lganda, ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi hujjatni pochta xizmati xodimiga topshiradi.
Pochta xodimi xorijga chiqish pasportini fuqaroni yashash manziliga yetkazadi, u uyda bo‘lmagan taqdirda hujjatni pochta bo‘limida 10 kun davomida saqlaydi. Mazkur muddat ichida fuqaro hujjatini olib ketmasa, xorijga chiqish pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaytariladi.
Pochta xizmati haqi fuqaro tomonidan to‘lanadi.
Shuningdek, endilikda bola uchun xorijga chiqish pasportini olishga so‘rovnomani to‘ldirishda voyaga yetmagan shaxsning ota-onalari va qonuniy vakillari bolani xorijda qarovsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiriladi.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev