Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-990-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.


Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-990-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.  

Aholining ma’rifatga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganligi uni huquqiy tartibga solish zarurligini keltirib chiqarayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha (14-modda) kiritilmoqda. Unga ko‘ra, quyidagi shaxslar ma’rifiy faoliyatni amalga oshira olmaydi:

·         jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxslar (sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar bo‘yicha jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar);

·         quyidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati olib tashlanmagan yoki tugallanmagan shaxslar:

o    jinsiy erkinlik, oila, yoshlar va axloqqa qarshi, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi;

o    boshqaruv tartibiga qarshi;

o    giyohvand vositalar, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq;

·         sud tomonidan muomalaga layoqasiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

·         ruhiy yoki narkologik muassasalarda hisobda turgan shaxslar.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ma’rifatchilikni ko‘rsatish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev