Янгиликлар
Prezident tomonidan "Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘RQ-989-sonli Qonun imzolandi.
Prezident tomonidan "Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘RQ-989-sonli Qonun imzolandi.
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari qonuniylik, ixtiyoriylik, ijtimoiy himoyalanganlik, inson huquq va erkinliklariga rioya etish, professionallik va ma’lumotlar maxfiyligidan iborat.
Psixologik yordam ko‘rsatish standartlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
· ruxsat etilgan psixologik yordam ko‘rsatish usullari va vositalari;
· psixologik yordam ko‘rsatish turlari, shakllari va davomiyligiga qo‘yiladigan talablar;
· psixologlarga qo‘yiladigan malaka talablari;
· psixologik yordam ko‘rsatish joyiga qo‘yiladigan talablar;
· psixologik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsni ma’lumot bilan ta’minlash bo‘yicha talablar.
Davlat tomonidan quyidagi toifadagi shaxslarga bepul psixologik yordam kafolatlanadi:
· O‘zbekiston fuqarolariga kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmi doirasida;
· favqulodda vaziyat va favqulodda holatlardan jabrlangan shaxslarga, ularning oila a’zolariga;
· ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarga;
· yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va begona parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
· ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga va boshqalarga.
Qonun bilan psixologlar hamda psixologik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarning huquq va majburiyatlari belgilangan.
Psixologik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxs, psixologik yordam natijalari va psixologik yordam ko‘rsatishda olingan boshqa ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar psixologning kasbiy siri hisoblanadi va tibbiy sirga tenglashtiriladi.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev