Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Mahkamasining VMQ-733-son qarori bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risi


Vazirlar Mahkamasining  VMQ-733-son qarori bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi.

 

Nizom bepul sayohat chiptalarini berish va ularni hisobga olish tartibini, shuningdek bepul sayohatlar xarajatlarini qoplash mexanizmini nazarda tutadi.

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi qariyalar hamda birovning parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar Reyestrini yuritadi.

Hujjatda belgilanishicha, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning vakolatli bo‘linmalari, avtovokzallar mansabdor shaxslariga bir oy ichida Reyestrdan foydalanish imkoniyati ochiladi.

Reyestrga kiritilgan yolg‘iz qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda ularga bevosita hamrohlik qiluvchi shaxsga yiliga bir marta bepul temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus chiptalari (borish va qaytishga) ajratiladi.

Bepul yo‘l chiptasini rasmiylashtirish uchun yolg‘iz shaxs, shuningdek parvarishga muhtoj keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar mas’ul xodimga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev