Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Prezident tomonidan «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-988-son Qonuni imzolandi.


Prezident tomonidan «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-988-son Qonuni imzolandi. 

Endilikda sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum kilish yoxud bir 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur qilmish takroran;ko‘p mikdorda, juda ko‘p miqdorda, tamagirlik yo‘li bilan, oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilganligi uchun og‘irroq jazo nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.  Bunda agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda 30 sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev