Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Respublikada 2024-2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-732 son qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Respublikada 2024-2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-732 son qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 fevraldan davlat muassasalari, mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari infratuzilmasi ob’yektlari loyihalarida to‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar yaqinida, shu jumladan ularga yaqin joylashgan to‘xtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Hujjat bilan davlat organlari, mahalliy ijro organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududida stansiyalarni o‘rnatish joylarini "K-SAVDO" avtomatlashtirilgan tizimida elektron ausion orqali ijaraga berish ruxsat etiladi.
Hujjat bilan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi: · avtoto‘xtash joylari, ijtimoiy ob’yektlar va davlat muassasalarida;
· savdo va biznes-markazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalar va ko‘p qavatli uylar yonida;
· avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalarida.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev