Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi VMQ-713-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Inspeksiyaning asosiy vazifalari:
· iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda uning nazoratini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish;
· iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
· iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash;
· davlat standartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda, iste’mol hamda texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik joriy etish ularga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda tashkil qilish va boshqalar.
Inspeksiya boshlig‘i Prezident Administratsiyasi bilan kelishgan holda Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Inspeksiya boshlig‘i maqomi bo‘yicha Departament boshlig‘i o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Prokuratura organlari xodimlari xizmatda qoldirilgan holda Inspeksiyada lavozimga tayinlanishi mumkin.
Shuningdek, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi Inspeksiyasining byudjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Bekturdiyev