Янгиликлар
Prezident tomonidan "Yer qa’ri to‘g‘risida"gi O‘RQ-987-sonli Qonun imzolandi.
Prezident tomonidan "Yer qa’ri to‘g‘risida"gi O‘RQ-987-sonli Qonun imzolandi.
Qonun yer osti boyliklariga egalik qilish va tasarruf etish, shuningdek ulardan foydalanish va muhofaza qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Yer osti boyliklari va tabiiy ravishda yer qa’rida joylashgan barcha foydali qazilmalar O‘zbekistonning davlat mulki hisoblanadi, ulardan oqilona foydalanish lozim va bu boyliklar davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yer qa’ri uchastkalari oldi-sotdi, hadya, meros, ulush, garov predmeti bo‘la olmaydi va boshqa har qanday shaklda begonalashtirilishi mumkin emas.
Yangi tahrirdagi qonun yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni nazarda tutadi.
Yer osti boyliklaridan foydalanishga ruxsat berish jarayonida "yagona darcha" tamoyili joriy etilmoqda. Shuningdek, lisenziatlarga davlat organi nazorati ostida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalarni, shu jumladan ularni sotish, garovga qo‘yish yoki boshqa shaxslarga berish imkonini beruvchi mexanizm joriy etilmoqda.
Hujjatda geologik ma’lumotlarga bo‘lgan mulk huquqi, ularni investorlar tomonidan almashish va sotishga oid normalar takomillashtirilgan. Xalqaro amaliyotga muvofiq normalari qat’iylashtirilgan va batafsillashtirilgan uglevodorodlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, noruda foydali qazilmalarni geologik o‘rganish va qazib olishga ruxsat berish tartibi belgilangan. Ruxsatnomalarga ega bo‘lgan yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, hisobot taqdim etishga doir talablar hamda geologik o‘rganish va foydali qazilmalarni qazib olish uchun minimal yillik xarajatlar belgilangan.
Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar:
· Vazirlar Mahkamasi;
· Kon-metallurgiya sanoati va geologiya vazirligi;
· Energetika vazirligi;
· Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
· Kon-metallurgiya sanoati va geologiya sohasidagi nazorat inspeksiyasi;
· "Yer osti boyliklaridan foydalanish markazi" davlat muassasasi;
joylardagi ijro hokimiyati organlari.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov