Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Mahkamasining «Avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-710-sonli qarori qabul qilindi.


Vazirlar Mahkamasining «Avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-710-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga ko‘ra:

·         avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha zamonaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan stasionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi;

·         shoxobchalar ausion orqali tadbirkorlik sub’yektlariga 20 yil muddatga ijara asosida va boshqa shaxslarga o‘tkazish xuquqi bilan beriladi.

Qaror bilan Avtomobil yo‘llarida og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha stasionar va ko‘chma shoxobchalarni tadbirkorlik sub’yektlari
tomonidan tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Elektron onlayn ausion savdolariga qo‘yish uchun o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi):

·         xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 50 baravari;

·         davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 40 baravari;

·         mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 30 baravari miqdorida belgilanadi. 

Dastlabki ikki yil davomida mazkur shoxobchalar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasidan tushgan mablag‘larning 40% tadbirkorlik sub’yektlari hisobiga yo‘naltiriladi. Keyinchalik ushbu summa 30%ni tashkil etadi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov