Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining VMQ-714-sonli qarori bilan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish,
Vazirlar Mahkamasining VMQ-714-sonli qarori bilan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Hujjat 18.03.2024 yildagi O‘RQ-922-sonli "Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunni ijro etish, shuningdek fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilindi.
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
· pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartib-taomillarini raqamlashtirish hisobiga ortiqcha byurokratik yukni bartaraf etish;
· pensiya tayinlanganligi to‘g‘risidagi qog‘oz ma’lumotnomani berish bekor qilinishi munosabati bilan ma’lumotlarni maxsus axborot tizimi orqali elektron tarzda shakllantirish;
· tovar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksi darajasini hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish;
· ma’muriy islohot asosida vazirlik va idoralar nomlari hamda majburiyatlariga o‘zgartirishlar kiritish.
Hujjat bilan quyidagilarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
· Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.10.2022 y. VMQ-592-sonli qaror bilan tasdiqlangan);
· Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (21.12.2004 y. VMQ-595-sonli qaror bilan tasdiqlangan);
· O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom (19.02.2010 y. VMQ-30-sonli qaror bilan tasdiqlangan).
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov