Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-982-son Qonun imzolandi.


Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-982-son Qonun imzolandi.

Qonun Vazirlar Mahkamasinining faoliyatini tartibga soladi, uning tuzilmasi va vazifalarini hamda ish faoliyati prinsiplarini belgilaydi. 

Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

Vazirlik tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan, muayyan yo‘nalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan, shuningdek tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir.

Qo‘mita tegishli sohada tarmoq ichidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi va tartibga soladi hamda tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini kollegiallik asosida tashkil etadi, shuningdek vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadi.

Agentlik tegishli sohada davlat xizmatlari ko‘rsatilishini va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hukuqni qo‘llash vazifalarini o‘zining asosiy vazifasi sifatida amalga oshiradi, shuningdek, vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadi.

Inspeksiya tegishli sohalar hamda tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi, vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov