Янгиликлар
Ta’tildagi xodimga intizomiy jazo qo’llasa bo’ladimi?
Ta’tildagi xodimga intizomiy jazo qo’llasa bo’ladimi?
Ta’tildagi xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo’llab bo’lmaydi. Chunki, MK 163-moddasiga ko’ra, xodim mehnat to’g’risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo’lgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan hollar bundan mustasno. Ta’tildagi xodimga hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo’llash bo’yicha qonunchilikda to’g’ridan to’g’ri taqiq yo’q.
Lekin jazo qo’llashda MK 313-moddasidagi qoidalarga rioya qilish shart. Xodimdan tushuntirish xati olish va yana boshqa harakatlar. 314-moddasiga ko’ra, xodim vaqtincha ishga layoqasiz bo’lgan yoki ta’tilda bo’lgan davrda intizomiy jazoni qo’llash muddati o’tmay turadi. Shuning uchun ham, xodim ta’tildan qaytgach hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo’llashni tavsiya qilamiz.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov