Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xususiy klinikadan olib kelingan mehnatga qobilyasizlik varaqasi o‘tadimi?


Xususiy klinikadan olib kelingan mehnatga qobilyasizlik varaqasi o‘tadimi?

 

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqasizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi 2667 Yo’riqnoma 4-bandiga ko‘ra, mehnatga layoqasizlik varaqalari va mehnatga layoqasizlik ma’lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi. E’tibor bering, qoida tariqasida deyilmoqda. Ya’ni bundan faqat davlat davolash-profilaktika muassasalari mehnatga layoqasizlik varaqalari berishga haqli degan xulosaga kelmaslik kerak.

Yo’riqnomaning 5-bandiga ko‘ra, sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqasizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza bo‘yicha yetarli malakali xodimga ega bo‘lgan taqdirda, mehnatga layoqasizlik varaqalari va mehnatga layoqasizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Bunda sog‘liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi stasionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi zarur.

Demak, agar xususiy klinika Yo’riqnomaning 5-bandidagi talablarga javob bersa, ular mehnatga layoqasizlik varaqalari berishga haqli. Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqasizlik varaqasi berishga haqli emas: tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati; shifoxonalarning qabul bo‘limlari; sud-tibbiy ekspertiza muassasalari; pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno; fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy muassasalar.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov