Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xodim homiladorlik ta’tilidan mehnat ta’tiliga chiqdi. Keyin bola parvarishlash ta’tiliga chiqadi. YAMMTga kiritiladimi mehnat ta’tili yoki bola parvarishlashga chiqqandan keyin yoziladimi?


Xodim homiladorlik tatilidan mehnat tatiliga chiqdi. Keyin bola parvarishlash tatiliga chiqadi. YAMMTga kiritiladimi mehnat tatili yoki bola parvarishlashga chiqqandan keyin yoziladimi?

 

          Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ilova “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bobi 33-35-bandlari xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga soladi Unga ko‘ra, xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazish “YAMMT” IDAKga ijtimoiy ta’til davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.            Xodimning ijtimoiy ta’tilini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi.             Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan ro‘yxatga olingan taqdirda kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddatdan oshgan taqdirda ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov