Янгиликлар
Mehnatga layoqasizlik davri (Bolnichniy)dagi xodimga dam olish kunlari uchun ham haq to‘lanadimi?
Mehnatga layoqasizlik davri (Bolnichniy)dagi xodimga dam olish kunlari uchun ham haq to‘lanadimi?
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqasizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 38-bandiga ko‘ra, nafaqaning (vaqtinchalik mehnatga layoqasizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa) umumiy summasi kunlik o‘rtacha ish haqini ushbu oyda vaqtinchalik mehnatga layoqasizlik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’til tufayli ishga kelmagan ISH KUNLARI SONIGA KO‘PAYTIRISH YO’LI BILAN ANIQLANADI
Demak, vaqtinchalik mehnatga layoqasizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar ya’ni bolnichniy va dekret pullari uchun ish kunlariga haq to‘lanadi!
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov