Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar


O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar

Soliq to‘lovchining daromadlari O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa subektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa daromadlar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi.

Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga qat’iy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur daromadlarning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin bo‘lgan ulushi va O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin bo‘lgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi.
 

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov