Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Inson huquqlari – yangi o‘zbekistonning asosiy ma’naviy ta’yanchi


Inson huquqlari – yangi o‘zbekistonning asosiy ma’naviy ta’yanchi

Agarda tarixda jamiyat va shaxs, davlat va shaxs munosabatlari asosan kollektivizm va etatizm an’analari asosan Sharqda shakllangan bo‘lsa, Gʻarbda “polis demokratiya” shaklida ma’lum bir erkinlik maydonining paydo bo‘lishi insonning teng siyosiy huquqlarining shakllanishi uchun 50 sharoit yaratdi33. Masalan, antik davrda Aristotel sudda va xalq yig‘ilishida qatnashadiganlarni fuqaro deb atagan. Fuqarolik davlat ishlarini hal qilish huquqi, odil sudlovda ishtirok etish huquqi, shuningdek, siyosiy huquqlarni amalga oshirishning muhim sharti bo‘lgan majburiy mehnatdan ozod bo‘lish kabi huquqlarni amalga oshirish qobiliyati sifatida harakat qilgan. Inson va fuqarolarning ajralmas huquqlari mavjudligining zamonaviy konsepsiyasi insonning ijtimoiy-tabiiy fenomen nazariyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u haqidagi barcha ta’limotlarning asosi insonning tabiiy huquqlariga asoslanadi. Tabiiy huquq konsepsiyasi insonning ijtimoiy va axloqiy “mavjudot” ekanligi, ma’lum bir ibtidoiy va ajralmas xususiyatlarining ifodasi sifatida aynan antik davrda rivojlana boshladi. Tabiiy huquq nazariyasining boshlanishi dastavval Ksenofont va Geraklit qarashlarida uchraydi. Qadimgi Rimda esa tabiiy huquqning ilk nazariyotchilaridan biri bo‘lgan Siseron birinchi navbatda siyosiy huquqlarni shaxsning tabiiy huquqlari qatoriga kiritgan. Xususiy mulk huquqining dastlabki ilmiy asoslaridan biri Siseronning risolasida shunday keltirilgan: “har kim o‘zi erishgan narsasiga egalik qilsin; agar kimdir bularning birortasiga tajovuz qilsa, u insoniyat jamiyatining huquqlarini buzgan hisoblanadi”. O‘rta asrlarda har qanday odamning erkinligi ma’lum darajada cheklangan edi, chunki feodalizm jamiyati – umumiy qaramlik jamiyatidir. Hatto ushbu jamiyatning qonuniy ravishda erkin deb hisoblangan qatlamlari ham ijtimoiy iyerarxiyaning yuqori darajadagilarga bog‘liq edi. Shu bilan birga, katolik cherkovi institutlari tomonidan ijtimoiy nazorat tamoyili ham amal qilib, bu feodal uyushmalar tomonidan boshqarilishidan kam bo‘lmagan ta’sirga ega bo‘lgan. Shunga qaramay, o‘rta asrlarda qonunlar rasmiy tenglik prinsipiga asoslanmaganligi sababli, ular turli sinf vakillarini hokimiyat bilan munosabatiga qarab turli ijtimoiy-siyosiy darajaga qo‘ygan. Garchi aniq qonunlar va an’analar bilan tartibga solingan bo‘lsada, turli xil uyushmalarning shakllanishi ular a’zolari o‘rtasida tenglikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan. Mazkur uyushmalar a’zolari huquqlarini himoya qilish maqsadida ularni birlashtirganlar. Jumladan, Angliyada 1215 yilda Erkinliklar buyuk xartiyasi (Magna Charta Libertatum) qabul qilinishi bilan inson huquqlari konsepsiyasi o‘zining yangi bosqichiga kirdi deyishimiz mumkin. Unda lordlarga podshoh amaldorlarining o‘zboshimchaliklaridan himoya qilishni ta’minlovchi kafolatlar, shuningdek, erkinliklarga nisbatan jazolarni qo‘llash faqat teng huquqli shaxslarning hukmi bilan va qonunga muvofiq amalga oshirilishi mumkinligi, nizoli muammolarni tinch va murosa yo‘li bilan hal qilish kabi tamoyillar o‘z aksini topadi . Inson, uning avtonomligi, erkin o‘zini-o‘zi boshqarish, qadr-qimmati va tashabbuskorligini rivojlantirish omillariga asoslangan gumanizm g‘oyasining siyosiy jarayonlar va ijtimoiy tafakkur rivojidagi o‘rni tahlil etilganda. Jumladan, bu borada italyan gumanisti Dante Aligьyeri “inson zoti to‘liq erkin bo‘lgan taqdirda eng yaxshi holatda bo‘ladi... bizning erkinligimizning birinchi tamoyili – bu mustaqil qaror qabul qilish erkinligidir” deya ta’kidlasa, La Boesi “insonning erkin bo‘lishi va erkinlikni xohlashi tabiiydir, ammo shu bilan birga, uning tabiati turli odat va tartiblarga ko‘nikib qolishga moyildir”, deb hisoblaydi . Uyg‘onish va Reformatsiya davri mutafakkirlari shaxsning ma’naviy va axloqiy erkinligini asoslashgani holda inson huquqlari konsepsiyasining huquqiy va siyosiy tomonlarini rivojlantirishgani qayd etiladi. Bu borada T.Gobbs, B.Spinoza, V.Gumboldt, Dj.Lokk, Sh.-L.Monteskьye, A.Smit, I.Kant, T.Djefferson, B.Franklin, Dj.Medison, B.Konstan, A.Tokvil, I.Bentam, Dj.S.Mill, T.X.Grin, L.Xobxauz kabi liberalizm mafkurasi namoyondalarining ijtimoiy-siyosiy qarashlari qiyosiy o‘rganilganda yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, inson huquqlari konsepsiyasi rivojida Sharqda, jumladan Markaziy Osiyo siyosiy fikrlar rivojida islom dini muhim omil bo‘lib xizmat qilganligi ta’kidlanib, siyosat va huquqiy masalalar shariat (Qur’on asosida ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va fuqarolik qonuniyat hamda qoidalari majmui)da o‘z aksini topganligi urg‘ulanadi. Markaziy Osiyo hududida siyosiy-huquqiy fikrlarning rivojlanishiga IX-XI asrlarda yashagan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlarning roli katta bo‘ldi. Bu davr olimlari diniy va dunyoviy ma’rifatga intilish, tabiatga qiziqish, komil insonni tarbiyalash, universallik-qomusiylik, umuman, jamiyat va davlat boshqaruviga doir barcha ilmlar bilan qiziqish borasida o‘zlarini namoyon qildilar. Inson huquqlari – siyosiy madaniyatning ajralmas fenomeni sifatida qaralib, u, avvalo, insonning umum bilim darajasi, dunyoqarashi, axloq-odobi bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanadi, deya e’tirof etiladi. Jumladan, siyosiy madaniyat kategoriyasi ilmiy muommalaga XVIII asrda nemis faylasufi I.Gerder tomonidan taklif qilingan bo‘lib, hozirgi zamon siyosatshunosligida uni konseptual asoslarini amerikalik nazariyotchi olim X.Fayner o‘zining 1956 yilda yozgan “Yevropaning buyuk davlatlari boshqaruv tizimi” nomli kitobida ochib bergan. Keyinchalik G.Almond va S.Verba fanga “fuqarolik madaniyati” tushunchasini taklif qilishadi. Har qanday jamiyatning siyosiy hayotini anglash uning siyosiy madaniyatini har taraflama o‘rganish orqaligina erishiladi. Faqat shu omillar asosida siyosiy tizimning manbai, xarakteri va o‘ziga xos xususiyatlarini, jamiyatda hukmronlik qilayotgan siyosiy tartibot, ijtimoiy guruhlarning xatti-harakati va siyosiy ongi, huquqiy tizimi va harakati haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Inson huquqlari ijtimoiy institutlarning, an’anaviy amaliyotlarning, siyosiy qarorlarning axloqiy baholanishi uchun foydalaniladigan ijtimoiy axloqning markaziy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. U asosiy xalqaro va milliy huquqiy hujjatlarda (davlatlar konstitutsiyalari va xalqaro tashkilotlar nizomlarida) o‘z aksini topib, xalqaro va milliy darajadagi zamonaviy siyosiy ritorikaning muhim vositasiga aylangan, deyish mumkin. Inson huquqlari g‘oyasi turli xalqlar va madaniyatlarning ko‘p asrlik axloqiy tajribasiga asoslanganligiga qaramay, bugungi kunda ularni amalga oshirish bir qator jiddiy qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Ularning inson huquqlari g‘oyasini rad etishi yoki turli cheklov prinsiplari turli darajadagi siyosiy ixtiloflarga ham olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida inson huquqlari konsepsiyasini madaniyatlararo muloqot kontekstda tahlil qilishni dolzarb vazifa sifatida qo‘ymoqda. Inson huquqlari muammosi ob’yektiv, genetik jihatdan siyosiy tarkibga xosdir. Aytish mumkinki, shuning uchun inson huquqlari faqatgina inson huquqlari haqida ijtimoiy-sub’yektiv g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar va ularga asoslangan siyosiy, huquqiy, axloqiy va h.k.lar mavjud degan ma’noda talqin qilinishi mumkin emas. Gʻoyalar va me’yorlar har-xil ijtimoiy qatlamlarga, guruhlarga, sinflarga, millatlarga va boshqalarga mansub bo‘lgan odamlarning doimiy o‘zgarib boruvchi va o‘sib borayotgan ehtiyojlarini (keng ma’noda inson huquqlari muammosini) qondirishning ob’yektiv mavjud muammolarini ifodalashi lozim. Demak, inson huquqlari muammosini ijtimoiy-qadriyat, ijtimoiy-sinfiy talqin qilishning muqarrarligi va uni hal qilish yo‘llari, aynan mafkuralashgan va siyosiylashtirilgan “inson huquqlari” tushunchasini paydo qiladi. Inson huquqlarining tom ma’nodagi namoyoni huquqiy davlatda o‘z aksini topadi. Shuning uchun, tahlillarga ko‘ra, huquqiy davlatni yaratish yo‘lidagi siyosiy kursni amalga oshirish jarayonida eng jiddiy xavf, uni faqat rasmiy shaklini haqiqiy imkoniyat deb hisoblash bo‘ladi. Shu munosabat bilan, huquqiy davlat javob berishi kerak bo‘lgan eng umumiy talablar sifatida quyidagilarni tasniflash mumkin: - fuqarolar asosiy huquqlarining har tomonlama kafolati, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalda ro‘yobga chiqarish hamda himoya qilish uchun samarali ishlaydigan, sodda va oshkora bo‘lgan yuridik mexanizmning mavjudligi; - qonunchilikning barcha sinflar va ijtimoiy qatlamlarning eng muhim manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va jamiyatdagi axloqiy-psixologik vaziyatiga muvofiqligi; - dolzarb muammolarni hal qilishning amaliy jarayoni kontekstida qonunchilikni organik ravishda takomillashuvi; - konstitutsiya va amaldagi qonunchilikning qonunosti hujjatlariga nisbatan ustuvorligi, huquqning mutloq ustuvorligi; - qonun hujjatlari barqarorligi va dinamizmining dialektik birikmasi; - fuqarolarning qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etishi uchun amaliy demokratik proseduralarning mavjudligi; - jamoatchilik fikrini hisobga olish; - davlatning qonun ijodkorligi, tashkiliy, mafkuraviy va huquqni muhofaza qilish faoliyatining birligi; - siyosiy, davlat va ijtimoiy tizimning barcha darajalarida huquq sub’yektlari o‘rtasidagi ziddiyatli va nizoli vaziyatlarni hal qilishning mukammal huquqiy mexanizmining mavjudligi; - davlat apparati va jamoat tashkilotlari xodimlarining kasbiy va ma’naviy yetukligi, ularning kasbiy vazifalarini sifatli bajarishga intilishi; - mamlakat fuqarolarining yuqori huquqiy bilim va huquqiy madaniyati. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi sifatida Taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati to‘laligicha Yangi O‘zbekiston istiqbolini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq sifatida dunyoga tanildi. Shu bilan birga, mamlakatda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini bunyod etishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalqning osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda, erishgan marralar va yo‘l qo‘yilgan kamchilliklarni muntazam tahlil qilish, yaqin va uzoq kelajakka mo‘ljallangan faoliyatni puxta o‘ylangan rejalar asosida olib borish talab etiladi. Chunki, ijtimoiy-siyosiy hayot doimiy o‘zgarish va rivojlanishdan iborat. Bu taraqqiyot va istiqbol uchun kurashdir. Bu hayot falsafasi, uning ziddiyatlarga to‘la tomonlarini dialektik tafakkur yuritish asosida yechish taqozo etiladi. Islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – inson va uning manfaatlari ifodasi ekan, uning tak zamirida “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so‘z erkinligi”, “din va e’tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko‘nikmalar yotishini tushinib yetmog‘imiz lozim. Mazkur jarayonlarning mantiqiy davomi sifatida ishlab chiqilgan Taraqqiyot strategiyasi “milliy rivojlanishimizning yangi Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda bosqichini boshlab berish, bizni bundan buyon faoliyatimizni “insonjamiyat-davlat” degan yangi tamoyil asosida tashkil etishga” undaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan inson huquqlarini himoya qilishning noyob mexanizmini takomillashtirishga oid aniq tashabbus va takliflar berildi. Shu bilan birga, BMT shafeligida “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim” global forumi, Yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini hamda Diniy erkinlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy konferensiyalarni o‘tkazish belgilangan46. Mazkur tashabbuslar, eng avvalo, nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda inson huquq va erkinliklarining kafolatiga qaratilgan, deyishimiz mumkin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O‘zbekistonda nafaqat davlat organlari, balki nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kabi islohotlarni amalga oshirishning muhim aktori vazifasini bajarishi lozim. Aynan ulardan demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbus va g‘oyalarni ishlab chiqish hamda mazkur jarayonning faol ijrochisiga aylanishi talab etiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari har bir shaxsning manfaatlarini inobatga olgani holda jamiyat bilan davlat o‘rtasida o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini o‘tashi, insonlarda faol fuqarolik pozisiyasi va daxldorlik hissini oshirishda muhim rol o‘ynashi talab etiladi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov