Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

FUQAROLIK MASALALARIGA OID ISLOHOTLAR


FUQAROLIK MASALALARIGA OID ISLOHOTLAR

So‘nggi yillarda mamlakatda migratsiya munosabatlarini tartibga
solish zarurati davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Shu bois davlat rahbarining tashabbusi bilan xavfsizlik tizimini
barqarorlashtirish, respublikada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash
borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizning ichki ishlar organlarida amalga oshiri-layotgan
islohotlar Vatan himoyasi, yurt tinchligi hamda davlat kelajagi uchun
jonkuyar, olijanob, o‘z xizmat burchini sidqidildan bajaradigan fidoyi,
vijdonli xodimlarni tarbiyalab yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yagona va eng to‘g‘ri yo‘lligini,
«Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya, kundalik
faoliyatimizga tobora chuqur kirib borayotganligini, endi esa islohot
jamiyatdagi haqiqiy holatdan kelib chiqib belgilanishini, xalqni
qiynayotgan muammolar esa ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy
tarmoqlardagi kayfiyatlar, xalq qabulxonalari va boshqa «barometrlar»
orqali aniqlanishini – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlamentga
murojaatida ta’kidlab o‘tdi . O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekanligi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga ega
ekanligi, hech kim O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi¬dan mahrum
qilinishi (qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno) yoki fuqarolikni
o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emasligi ushbu qonunda
ifoda etildi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’ul ekanliklari, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’ul ekanligi mazkur qonun bilan mustahkamlandi. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi qaysi holatlarda hisoblanishi aniq belgilab berildi, bular: 1992 yil 28 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs; O‘zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxs, basharti
uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa; qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs; qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash
chog‘ida qonunning 5-moddasi birinchi qismining «a» va «b» bandlarida
nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti
doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi belgining
mavjudligi bilan tasdiqlanishi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan
taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi
mumkinligi belgilab qo‘yildi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respub-likasining
fuqaroligini tan olishda 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda
muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinishi, o‘zini
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza
bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n
besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat
fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb
tan olinishi, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul
qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish
bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan
olinadi.Ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida hamda mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkinligi fuqarolik sohasidagi islohotlarning yorqin misolidir. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonida fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlashga, ayniqsa, yurtimizda uzoq yillardan beri yashab kelayotgan, lekin “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi” – degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning muammolari hal etilishiga, orzu-istaklarini ruyobga chiqarishga, eng asosiysi ularning hayotdan rozi bo‘lishlariga va jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lishiga, eng asosiysi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Respublikamizda uchinchi renessans poydevorini qurish borasida olib
borilayotgan ushbu xayrli va ijobiy islohotlar inson qadrini,
huquqlarini, erkinligini hamda ularning manfaatlarini ta’minlash
borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar jahon hamjamiyati
tomonidan ijobiy e’tirof etilmoqda va O‘zbekiston o‘z imijini
o‘zgartirishda ulkan yutuqlarga erishmoqda.

 

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov