Янгиликлар
EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH KONSTITUTSIYA DARAJASIDA MUSTAHKAMLANMOQDA
EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH KONSTITUTSIYA DARAJASIDA MUSTAHKAMLANMOQDA
Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish har doim davlat, jamiyat va
inson hayoti uchun muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Ayniqsa, ekologik
muammolar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan hamda global
muammoga aylangan bugungi sharoitda mazkur masala yanada dolzarb ahamiyat
kasb etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 7 mln. kishi havo ifloslanishi ta’siridan vafot etadi. Gaz ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklarni davolash uchun yiliga taxminan 1 trln. dollar sarflanadi. Har soatda 1692 gektar unumdor yer cho‘lga aylanadi.
Ekologiya muammosi xalqaro darajada atrof-muhit muhofazasi
mavzusi sifatida ilk marotaba 1972 yilda Stokgolmda o‘tkazilgan BMT
konferensiyasida muhokama qilingan. Mazkur konferensiyada “Inson
farovon va yuqori qadr-qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda
yashamog‘i lozim” g‘oyasi ilgari surilgan.
1992 yilda Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan BMTning Atrof-muhit va
rivojlanish bo‘yicha konferensiyasida ikkita asosiy hujjat – “Rio-deJaneyro deklaratsiyasi” va “XXI yil uchun kun tartibi”, shuningdek ikkita
global ekologik konvensiyalar “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy
Konvensiya” va “Bioxilma xillik bo‘yicha Konvensiya” qabul qilingan.
Bundan tashqari, BMTning ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
sohasidagi asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlari sifatida 1992 yilgi
“Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Konvensiyani, 2003 yilgi
“Transchegaraviy kontekstda atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi
konvensiyaga Atrof-muhitni strategik baholash protokoli”ni, 2015 yilgi
“Iqlim bo‘yicha Parij bitimi”ni va boshqa bir qator hujjatlarini
keltirish mumkin.
Shuningdek, BMTning 2015 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan
Barqaror rivojlanish bo‘yicha sammitida 2030 yilgacha erishish
rejalashtirilgan 17 ta maqsaddan iborat Barqaror rivojlanish maqsadlari
qabul qilingan. O‘z navbatida, ushbu maqsadlardan 5 tasida bevosita ekologiya va atrof-muhitni, insonlarning sog‘lig‘ini
muhofaza qilish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Yurtimizda ham mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab
ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega
bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va
samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini
olish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jiddiy
e’tibor qaratib kelinmoqda.
Mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikka oid 20 dan ortiq qonunlar va
yuzlab qonunosti hujjatlari qabul qilinib, hayotga tatbiq qilinmoqda.
Xususan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera
havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza
to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risi”gi Qonunlar va
O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining
atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, 2019-2030 yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi shular
jumlasidandir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
tomonidan ekologik xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilib, 2020 yil 23
sentyabrdagi BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi so‘zlagan nutqida
jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor davrimizning jiddiy
muammolaridan biri – global iqlim o‘zgarishlariga to‘xtalib, bugungi kunda
har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etayotganligini, ming
afsuski, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf
tug‘dirayotganligi bildirilgan bo‘lsa, 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis
va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023 yildagi ustuvor
yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tib, barcha sohalar qatori ekologik sohaga ham
uning to‘rtinchi yo‘nalishida alohida to‘xtalib, “Tabiatimizni asrabavaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir
mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak. Bu
borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ekologiya va
atrof-muhitni asrash bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni, xususan, «Yashil
makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni kuchaytiramiz”, -
deb ta’kidladi Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni
yanada kuchaytirish imkonini beradi”, – deya ta’kidladi.
Shundan so‘ng, joriy yilning 25 iyunida “O‘zbekton Respublikasi
Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamasi
e’lon qilindi.
Mazkur loyihada bir qator ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
bilan bog‘liq normalarni ko‘rish mumkin. Xususan, loyihaning
moddasida davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrofmuhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash
bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat Orolbo‘yi mintaqasining
ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy
jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi
belgilanmoqda.
Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash sifatida
fuqarolarning ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi qonuniy
huquq va manfaatlarining ta’minlashiga, aholining qulay tabiiy muhitda
hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarning yaratilishiga, tabiiy
resurslardan oqilona va samarali foydalanilishiga hamda ekologik
muammolarning oldi olinishiga va oxir-oqibat ekologik xavfsizlikning
ta’minlanishiga xizmat qilishi shubhasizdir.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov