Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHDA “HABEAS KORPUS AKT” INSTITUTINING O‘RNI VA AHAMIYATI.


O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHDA “HABEAS KORPUS AKT” INSTITUTINING O‘RNI VA AHAMIYATI.

Ma’lumki, inson erkinligi shaxs faoliyatining davlat aralashishi
mumkin bo‘lmagan ma’lum doirasi, sohasi yoki makonidir. Davlat inson faqat o‘z ixtiyori bilan harakat qiladigan hududni, makonni, doirani huquqiy normalar yordamida belgilaydi va tartibga soladi. Ushbu hududning
daxlsizligini buzmaslik bilan birga, davlat uni boshqa shaxslar tajovuzidan ham himoya qiladi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi – har bir inson tug‘ilishi bilan
qo‘lga kiritadigan, har kim erkin, o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilishi, o‘zganing shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon yetmaydigan tarzda yurish-turishni tanlash imkonini beruvchi huquqdir.
Shaxsning erkinligi jamiyatdagi axloq me’yorlari doirasidan
chiqmasligi hamda qonun asosida bo‘lishi kerak, ya’ni shaxs har qanday
harakatni qonun va qonunosti hujjatlarida man etilmagan va huquqiy
ko‘rsatmalarga zid kelmagan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi O‘zbekiston Respublikasining
jinoyat, jinoyat-prosessual va jazoni ijro etish kodekslarida hamda bir
qator bevosita harakat qiluvchi qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston uchun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng
muhim besh ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning yaqin istiqbolga
mo‘ljallangan muhim milliy strategik hujjat bo‘lib xizmat qildi.
Inson erkinligi va shaxsiy daxlsizligini kafolatli himoyalanishida
Harakatlar strategiyasida mujassamlangan “qonun ustuvorligini
ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari”da ifodalangan vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Unda «Habeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish” vazifasi belgilangan. Habeas korpus (lot. habeas korpus, so‘zma-so‘z – “tanani sudga keltirish”, ma’nosida – “ushlangan shaxsni sudda shaxsan keltiring”) advokatlar tomonidan shaxs erkinligi va daxlsizligini himoya qilishning eng muhim vositasi sifatida qaraladi. Umuman olganda, Habeas korpus akt qonuni bir necha asrdan buyon amal qilib, bir tomondan inson erkinligi va shaxs daxlsizligini samarali qo‘riqlash vositasi, ikkinchi tomondan mansabdor shaxslar faoliyatini cheklovchi muhim mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu sababli, uning amalga oshirish mexanizmini to‘liq joriy etilishi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini samarali ta’minlaydi

 

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov