Янгиликлар
KAMSITMASLIK, AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI, QAMOQQA OLISH, XABAR BERISHGA OID XALQARO STANDARTLAR VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOIY-HUQUQIY TIZIMIDA MAZKUR STANDARTLARNING QO‘LLANILISHI
KAMSITMASLIK, AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI, QAMOQQA OLISH, XABAR BERISHGA OID XALQARO STANDARTLAR VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOIY-HUQUQIY TIZIMIDA MAZKUR STANDARTLARNING QO‘LLANILISHI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-sonli Farmoni, “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyundagi PQ-5163-son qarori, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarini hisobga olgan holda, qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmlarni takomillashtirish sohasida tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlarining qiynoqqa solishga qarshi kurashish, xalqaro amaliyot va milliy tajriba asosida qo‘llashga oid amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish dolzarb muammo sifatida tan olinishi mumkin.
Milliy qonunchilikni inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi
xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy choratadbirlar qabul qilindi. Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishi, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada oshirish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiyhuquqiy reytinglar va indekslardagi mavqeini yaxshilashga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992 yilning mart oyida BMTga a’zo
bo‘ldi, xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida jahon
hamjamiyatiga kirib borar ekan, umume’tirof etilgan xalqaro huquq
normalarini ustuvor deb bildi va mustaqillikning birinchi yillaridanoq
qonun ijodkorligida, ayniqsa inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni to‘la qo‘llay boshladi. Qator xalqaro huquqiy normalar, shu jumladan 1984 yilning 10 dekabr
kuni BMT Bosh assambleyasining 39/46 rezolyusiyasi bilan qabul qilingan
“Qiynoqqa solish va boshqa shavqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni
kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi” Konvensiyasi
O‘zbekiston tomonidan ularning talablarini bajarishga dastlabki
yillardanoq kirishilgan.1995 yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi BMTning Qiynoqqa qarshi Konvensiyasini imzolagandan so‘ng, ushbu konvensiya talablarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish jarayoni jadallashgan. Undan keyingi o‘zgarishlar Jinoyat kodeksiga qiynoqlarni qo‘llaganligi uchun jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutuvchi yangi moddaning kiritilishi, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi, o‘lim jazoasining bekor qilinishi, advokatlar vakolatlarining kengaytirilishi, dalillar maqbulligiga oid talablarning kuchaytirilishi va boshqa qator qonunlardagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bevosita qonunlarimizni xalqaro standartlarga mos kelishini ta’minladi.
O‘zbekistonning taklifiga binoan, BMTning Qiynoqlarga qarshi
qo‘mitasining maxsus ma’ruzachisi tashrif buyurib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida Konvensiya talablarining bajarilishini o‘rganib ketgan va o‘zining tavsiyalarini bergan edi. Bu masalalar yillar davomida, hozirga qadar, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashida, Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasida hamda boshqa konvension organlarida muhokama qilinib, har
safar bu organlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
o‘zlarining e’tiroz va tavsiyalarini taqdim qilishadi. Ushbu tavsiyalarni
bajarish maqsadida Adliya vazirligi huzurida inson huquqlari bo‘yicha
idoralararo komissiyasi BMTning inson huquqlarini ta’minlash, shu
jumladan, qiynoqlarni oldini olishga oid tavsiyalarini bajarishga qaratilgan milliy reja ishlab chiqib, uning bajarilishini nazoratini amalga oshiradi. Qonunchiligimizdagi inson huquqlarini ta’minlash va qiynoqlarni oldini olishga oid qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar aynan ushbu tavsiyalarni bajarish bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №5068-sonli Farmonida boshqa
masalalar qatorida dalillar maqbulligiga, boshqa ob’yektiv dalillar bilan
tasdiqlanmagan ko‘rsatuvlar, shu jumladan gumon qilinuvchi va
ayblanuvchining iqroriy qo‘rsatuvlarini nomaqbul deb topilishiga va boshqa masalalarga e’tibor qaratilgan.
Kamsitmaslik, aybsizlik prezumpsiyasi, qamoqqa olish, xabar berishga
oid xalqaro standartlar va O‘zbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy
tizimida ularning qo‘llanilishi, qiynoqlarni oldini olish choralari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish lozim. Aybsizlik prezumpsiyasi aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining
aybsizligini isbotlab berishi shart emas yoki o‘zini aybdor deb ko‘rsatish ham qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlanmaguncha, uni aybdor deb
bo‘lmaydi. O‘zR JPKning 23-moddasida ko‘rsatilishicha, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Qiynoqlar va shafqatsiz muomalalardan himoya qilish yuzasidan xalqaro standartlar quyidagilardan iborat:
1. Ozodlik huquqi va o‘zboshimchalik bilan qo‘lga olishning taqiqlanishi.
Har kim shaxsiy ozodlik huquqiga ega. Hech kim o‘zboshimchalik bilan
ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin emas (shu jumladan, hibsga olish,
sudgacha ushlab turish va qamoqda saqlash). Ushlab turishga va sudgacha qamoqda saqlashga faqat qonun asosida yo‘l qo‘yiladi. Davlatlar o‘zlarining
hududlarida hozir bo‘lgan, ularning yurisdiksiyasi va «amaliy nazorati»
ostidagi har bir shaxsning ozodlikka bo‘lgan huquqini va shaxsiy
daxlsizligini ta’minlashi kerak. 2. Ushlab turish sabablari va har qanday ayblovlardan xabardor bo‘lish huquqi. Har bir ushlab turilgan shaxsga qo‘lga olish paytida ushlab turish sabablari, shuningdek unga qarshi mavjud bo‘lgan har qanday shubhalar yoki Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi, 3 va 9-moddalar. Fuqarolik va siyosiy huquqlarga oid
xalqaro pakt, 9-modda. Barcha shaxslarning zo‘ravonlik bilan g‘oyib bo‘lishdan himoyalash bo‘yicha xalqaro konvensiya, 17-modda. ayblovlar haqida xabar qilinadi. Har bir ushlab turilgan shaxsga qo‘lga olish
paytida ushlab turish sabablari xabar qilinadi.
3. O‘z huquqlaridan xabardor bo‘lish huquqi. Har qanday hibsga olingan yoki
ushlab turilgan shaxs o‘ziga tushunarli bo‘lgan tilda o‘z huquqlaridan, ya’ni:
yuridik yordam olish, shifokor ko‘rigi va yordami, qarindoshi yoki do‘stini
hibsga olingani yoki ushlab turilgani haqida xabardor qilish, konsullik yoki xalqaro tashkilotlar bilan bog‘lanish yoki ularni o‘zining ushlab turilganidan xabardor qilish, shuningdek ushbu huquqlardan qanday foydalanish bo‘yicha ma’lumot olish huquqidan xabardor bo‘lish huquqiga ega.
4. Yuridik yordam olish huquqi. Har bir ushlangan yoki qamoqqa olingan
shaxs ushlab turish, so‘roq qilish yoki dastlabki tergov paytida darhol advokat xizmatidan foydalanish huquqiga ega. Har kim advokatni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlashi mumkin. Agarda ushlab turilgan shaxs advokat xizmati haqini to‘lay olmasa, davlat bu xizmatni bepul taqdim etishi kerak. Har bir ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs darhol advokat xizmatidan foydalanish huquqiga ega. Advokat yordamidan foydalanish huquqiga u bilan suhbat boshqalar tomonidan eshitilmaydigan tarzda yoki syenzurasiz, to‘liq maxfiylikka rioya qilingan holda muloqot qilish va maslahatlashish kiradi. 5. Himoyani tayyorlash uchun yetarli vaqt va imkoniyat berilishi huquqi. Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan har qanday shaxs advokat, vrach, oilasi va do‘stlari bilan, agarda bu shaxs chet ellik bo‘lsa – mamlakat elchixonasi yoki konsulligi bilan muloqot uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi huquqiga
ega. Bunda odil sudlov manfaatlari yoki o‘zi saqlanayotgan muassasaning
xavfsizligi nuqtai nazaridan zarur bo‘lgan darajadagi cheklovlarga va
nazoratga yo‘l qo‘yiladi. Jinoyat sodir qilishda gumon qilinayotgan va sudni
kutayotgan har bir ushlab turilgan shaxsga o‘z himoyasini tayyorlashi uchun yetarli vaqt berilishi va sharoit yaratilishi kerak. Himoyaga bo‘lgan huquq jinoyat ishni ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarida, shu jumladan, tergov
harakatlarini olib borish va ishni sudda muhokama etish bosqichlarida ham
kafolatlangan.
6. Inkommunikado (tashqi olam bilan muloqotsiz) saqlanmaslik huquqi.
Jinoyat sodir qilishda ayblanayotgan har bir shaxs o‘z himoyasini tayyorlash
uchun yetarli vaqt va imkoniyatlarga, shu jumladan, o‘zi tanlagan himoyachi bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Xalqaro huquq normalari bilan yashirin ravishda ozodlikdan mahrum qilish, yashirin ushlab turish, uzoq vaqt davomida inkommunikado saqlash, uzoq vaqt kamerada yolg‘iz ushlab turish qat’iyan taqiqlanadi. Yakkalik kamerada uzoq vaqt saqlash yoki inkommunikado saqlash qiynoq yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lish deb hisoblanishi mumkin.
7. Sud vakolatlarini amalga oshiruvchi shaxs huzuriga darhol yetkazilish
huquqi. Har bir qamoqqa olingan yoki ushlab turilgan shaxs o‘z huquqlarini
himoya qilish uchun darhol qonunga ko‘ra unga sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi tegishli bo‘lgan sudya yoki boshqa mansabdor shaxsning huzuriga yetkaziladi. Jinoiy ayblovga ko‘ra ushlab turilgan har qanday shaxs tezkor tartibda qonunga ko‘ra, unga sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi tegishli bo‘lgan sudyaning yoki boshqa shaxsning huzuriga yetkazilishi kerak. Har qanday ushlab turish yoki qamoqqa olish qonunga ko‘ra sudyaning yoki unga sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi tegishli bo‘lgan boshqa shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun unga havola qilinishi kerak yoki ularning nazorati ostida bo‘lishi zarur.
8. Qo‘lga olishning qonuniyligi yuzasidan tortishish. Hibsga olish yoki
qamoqda saqlash natijasida ozodlikdan mahrum etilgan har qanday shaxs,
jinoyat ishini ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, surishtiruv olib borish va ishni sudda eshitishni hisobga olgan holda, sudga uning ushlab
turilishining qonuniyligini ko‘rib chiqishni va ushlab turish noqonuniy deb topilgan holda, uni ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishni so‘rashga haqli.
9. Oqilona muddatda sud ishini ko‘rib chiqish huquqi. Jinoiy ayblov
bo‘yicha har bir ushlangan va qamoqqa olingan shaxs oqilona muddatda ishining sudda ko‘rib chiqilishiga yoki ozod qilinishga haqli. Jinoiy ayblov bo‘yicha har bir ushlangan va qamoqqa olingan shaxs asossiz holda to‘xtatib turilmasdan, oqilona muddatda ishining sudda ko‘rib chiqilishiga yoki sudgacha ozod qilinishga haqli.
10. Ko‘rsatma berish va ayblanuvchi sifatida jalb qilishdagi huquqlar.
Surishtiruv va tergov olib borilishi jarayonida ham qamoqda saqlanayotgan
shaxslar, o‘zlarining asosiy huquqlari va erkinliklaridan foydalanishda
davom etadi, bunda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim
cheklovlar mavjud. Advokat bilan uchrashishdan tashqari, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga beriladigan kafolatlarga shaxslarni ko‘rsatmalarini berish va o‘ziga qarshi guvohlik berishga majburlashni taqiqlash, qiynoqlar va shafqatsiz muomalada bo‘lish yo‘li bilan olingan ko‘rsatmalarni dalillar qatoridan chiqarish, tarjimonni taklif etish huquqi va so‘roq bayonnomalari bilan tanishish huquqi kiradi.
11. Qonun tomonidan tan olingan joyda hibsda saqlanish huquqi. Barcha
ushlangan shaxslar rasman qamoqda saqlash joyi deb tan olingan joylarda
saqlanish huquqiga ega. Har qanday ozodlikdan mahrum qilingan odam rasman qamoqda saqlash joyi deb tan olingan joylarda saqlanishi shart. Barcha qamoqda saqlash joylarida qamoqda saqlanayotgan barcha shaxslarning hisobi yuritiladigan muntazam yangilanib turadigan jurnali amalda bo‘lishi kerak.
12. Hibsga olinish paytida insoniy munosabatda bo‘linishi va
qiynoqlardan ozod bo‘lish huquqi. Ozodlikdan mahrum qilingan barcha shaxslar insoniy munosabatda bo‘linishga hamda qiynoqlar va shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki odam sha’nini kamsituvchi muomalaga duch kelmaslikka haqli.
Shu o‘rinda, JPKga ushlangan yoki qamoqqa olingan shaxslarning ishlari
bo‘yicha himoyachi ishtirokining shartligi to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilishi
maqsadga muvofiq. Chunki, advokat qatnashayotgan ishlar bo‘yicha qiynoqlarning qo‘llanilishi ko‘rinishidagi qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi barchaga ayon. Qolaversa, 48 soatdan so‘ng sudda bu shaxsni qamoqqa olish masalasi ko‘rilar ekan, sudda taraf sifatida prokuror qatnashsa, himoyachining
ham ishtiroki mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, sudga qadar ish yuritishda
qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun JPKda «tiyib turish va manfaatlar
to‘qnashuvi tizimi» yaratilishi lozim. Yuqoridagi takliflarni ishlab
chiqishda aynan shu tizim nuqtai nazardan yondashilgan. Bunday tizimning
yaratilishi avval dalillarni to‘plab, undan keyin prosessual majburlov
choralarini qo‘llash zaruratini tug‘diradi, jinoyatlarni ochishning yangi usul
va uslublarini ishlab chiqishga sababchi bo‘ladi pirovard natijada
jinoyatlarni ochish va tergov qilishda qiynoqlarning qo‘llanilishiga zarurat va ehtiyoj qoldirmaydi.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov